
Bugun, 25 fevral kuni taxminan soat 10:10larda Andijon viloyati Xo‘jaobod tumani Xidirsha mahallasi “Xolis Tafakkur” MCHJga qarashli avtomobillarga suyultirilgan metan gaz quyish shoxobchasida 32 yoshli Sh.O.ning boshqaruvidagi “Nexia” rusumli avtomashinasiga gaz quyayotgan vaqtida, portlash yuz bergan.
IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, jiddiy jarohat olganlar yuk.
Shoxobcha hududida gaz quyayotgan yana 6 ta avtomashinaga turli darajada texnik shikast yetkazilgan.
Hozirda hodisa joyida tergov tezkor guruhi ishlamoqda, portlashning kelib chiqish sabablari o‘rganilmoqda, tekshiruv yakuniga ko‘ra qo‘shimcha ma’lumot beriladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar