16:17 / 27.02.2020
4 853

Samarqandda talaba qiz rashk qurboniga aylandi

Samarqandda talaba qiz rashk qurboniga aylandi
25 fevral kuni fuqaro D.O‘. Samarqand davlat chet tillar institutida tahsil oluvchi turmush o‘rtog‘i U.O‘.ni rashk tufayli yonida bo‘lgan oshxona pichog‘i bilan U.O‘.ning chap ko‘krak qismiga bir marotaba qasddan urgan. Oqibatda u hodisa joyida vafot etgan. Bu haqda Samarqand viloyati prokuraturasi bayonot bergan.

RSTEIAM Samarqand filiali tomonidan taqdim etilgan dastlabki ma’lumotnomaga ko‘ra, marhuma U.O‘.ning o‘limi plevra bo‘shlig‘iga teshib o‘tuvchi sanchilgan-kesilgan yarasidan o‘tkir qon yo‘qotishi va yurak jarohatidan kelib chiqqanligi ko‘rsatilgan.

Prokuratura xodimlari va tergov-tezkor guruh tomonidan voqea joyi ko‘zdan kechirilib, qonga o‘xshash dog‘lari bilan ifloslangan pichoq va janjal vaqtida ularni egnida bo‘lgan kiyimlar hamda boshqa ashyoviy dalillar olingan.

Samarqand shahar prokuraturasi tomonidan 2020 yil 26 fevralda D.O‘.ga nisbatan JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi ko‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borishga kirishilgan.

Gumonlanuvchi D.O‘. JPKning 227-moddasi tartibida ushlanib, himoya huquqi bilan ta’minlangan holda yaqin qarindoshlariga xabar berilgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqandda talaba qiz rashk qurboniga aylandi