Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Mirziyoyevning ayrim tanlangan asarlari «Yangi O‘zbekiston-Kelajagi Buyuk Davlat» nomi ostida turk tiliga tarjima qilindi va kitob shaklida nashr qilindi.
O‘zbekiston respublikasi davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevning bir necha nutqlaridan iborat kitob turk tilida nashr etildi. «Yangi O‘zbekiston-Kelajagi Buyuk Davlat» nomidagi kitob Turkiya respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi, Kutubxonalar va nashriyotlar bosh boshqarmasi hamda Turkiyaning Toshkentdagi elchixonasi Madaniyat va targ‘ibot boshqarmasi hamkorligida tayyorlandi.
Ma’lum qilinishicha, kitobga Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an taqdimot yozuvini, Madaniyat va turizm vaziri janob Mehmet Nuri Ersoy muqaddima matni bitilgan. Asar Turkiya respublikasi Madaniyat va turizm vazirligining nashri sifatida chop etilgan va dastlabki 1000 adad nusxasi sovg‘a sifatida berildi. Shundan bir donasi Sh.Mirziyoyevning 2020 yil 19-20 fevral kunlari Turkiyaga amalga oshirgan tashrifi chog‘ida prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘an tomonidan Mirziyoyevga taqdim etilgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Pentagon mayori AQSH Isroilni qo‘llab-quvvatlagani uchun iste’foga chiqdi
D vitamini dozasini oshirib yuborishning xavfli oqibatlari
Ukraina harbiy bo‘linmalari Xarkiv viloyatidagi yangi pozitsiyalarga o‘tkazildi
Erdo‘g‘on davlat to‘ntarishi ehtimoli sababli tunda favqulodda yig‘ilish o‘tkazdi
Rossiya kuchlari Belgorod viloyati yaqinida Ukraina armiyasining yashirin pozitsiyalarini yo‘q qildi
Surxondaryo viloyatida ayiq IIB xodimiga jarohat yetkazdi
Kolumbiya prezidenti Netanyaxuni hibsga olishga chaqirdi
Yevropaning qaysi davlatlarida velosipedda yurish uchun pul to‘lanadi?