00:03 / 29.02.2020
3 798

Angren shahrida Koreyaning Kukmin universiteti ochiladi

Angren shahrida Koreyaning Kukmin universiteti ochiladi
28 fevral kuni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Inomjon Majidov va Janubiy Koreyaning Kukmin universiteti vitse-prezidenti O Seong Xoni qabul qildi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuv davomida Angren shahrida Kukmin universitetini ochish bo‘yicha dastlabki kelishuv imzolandi.

Yangi tashkil etiladigan oliy ta’lim muassasasida muhandislik, elektron muhandislik va informatika, axborot xavfsizligi, arxitektura, dizayn, biznes boshqaruvi kabi yo‘nalishlar bo‘yicha ta’lim berilishi ko‘zda tutilgan.

Foto: Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmati
Mazkur oliy ta’lim muassasasiga 1946 yilda asos solingan bo‘lib, bugungi kunda uning tarkibida 15 ta fakultet faoliyat yuritib kelmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Angren shahrida Koreyaning Kukmin universiteti ochiladi