4 139
Chiroqchi IIBdagi fuqaroning urib o‘ldirilishi ishida yana 13 nafar xodimning qo‘li borligi aytilmoqda
Shuhrat Abdurahmonov — IIB xodimlari tomonidan urib o‘ldirilgani aytilayotgan marhum Yusuf Abdurahmonovning akasi.
Qashqadaryoning Chiroqchi tumanida mol o‘g‘riligida gumon qilingan 32 yoshli Yusuf Abdurahmonov 22 yanvar kuni IIB xodimlari tomonidan kaltaklanishi oqibatida vafot etgan edi. Hodisadan so‘ng Chiroqchi IIBning ikki nafar xodimi qo‘lga olingani haqida xabar berilgan edi.
Marhum Yusuf Abdurahmonovning akasi Shuhrat Abdurahmonovning «Daryo» nashriga ma’lum qilishicha, uning ukasi bilan bir kunda IIB xodimlari tomonidan ayovsiz kaltaklangan ota-bola — Qurbon Ostonayev va Bahrom Avliyoqulov 1 mart kuni Chiroqchi prokuraturasiga chaqirilgan.
Ayovsiz kaltaklangan ota-bolaga tergovchilar tomonidan 60 ga yaqin IIB xodimining surati ko‘rsatilgan. «Ular ko‘rsatilgan rasmlardan 13 nafar xodimni tanigan. Viloyat prokuraturasidan Ilhom ismli tergovchi o‘sha 13 nafar IIB xodimi ham tergovga jalb qilinishini aytgan», — dedi marhumning akasi.
Eslatib o‘tamiz, Chiroqchi IIBdagi shov-shuvli voqeadan so‘ng Qashqadaryo viloyati IIB o‘rinbosari vijdoni qiynalib ishdan ketgan, qamoqqa olingan ikki nafar IIB xodimidan biri esa Chiroqchi tuman Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi 4-son IIB boshlig‘i ekani aytilgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi