5 626
Rasul Kusherbayev: «Kim bo‘lishidan qat’i nazar tuban inson ekanligini namoyon etibdi»
Foto: Facebook / Rasul Kusherbayev
Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumani hokimi Baxtiyor Rajabovga tegishliligi aytilayotgan audioyozuv tarqaldi. Ta’kidlanishicha, voqea tuman hokimi va mahalla raislari ishtirokidagi yig‘ilishda bo‘lib o‘tgan. Audioyozuvda hokim yig‘ilish ishtirokchilarini pul tushumlarini o‘z vaqtida ta’minlamagani uchun turli so‘zlar bilan haqoratlagani va so‘kkani, shuningdek, ba’zilarni urgani eshitiladi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev o‘zining Telegram’dagi kanali orqali mazkur voqeaga munosabat bildirdi.
- Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumani hokimi kim bo‘lishidan qat’i nazar rahbarlikka nomunosib, uquvsiz, bilimsiz, tuban inson ekanligini namoyon etibdi.
Bu inson o‘zining bugungi O‘zbekiston kelajagini qurib bo‘lmaydigan va Prezident obro‘sini to‘kadigan kaltafahm, pastkash shaxs ekanligini namoyon qildi.
O‘rtoq ushbu «inson»ga aytar gapimiz: tinchgina o‘rinni bo‘shatib, hech kim eshitmaydigan dala-dashtda istagancha baqirib yuraverishi. Agar o‘simlik va dov-daraxtlar gapini eshitsa shunda ham. Xullas, bor-ye... Sizdaqalarga vatanni qolgan kuni qursin..., - deydi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev.
Avvalroq Mirishkor tumani hokimi Baxtiyor Rajabov «Daryo» muxbiri bilan bo‘lgan muloqotda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ovoz unga tegishli ekanligini tan olib, mazkur qilmishini mahalla raisining bepisand muomalasi bilan izohlagan edi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti
O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?