17:00 / 03.03.2020
4 529

Uyimga va avtomashinam oldiga doim folbinning “band” qilingan tugunini tashlab ketardi...

Uyimga va avtomashinam oldiga doim folbinning “band” qilingan tugunini tashlab ketardi...
25 fevral 2020 yil kuni Quva tumani Ravot qishlog‘ida yashovchi X.Mansurovani qo‘shnisi Muxtorali uni katta ko‘chada uyatli so‘zlar bilan so‘kib, qo‘ni-qo‘shnilari ichida behurmat qiladi. Mazkur ish sudda ko‘rib chiqildi.

Suddagi holatlarga ko‘ra, huquqbuzar Mamatov Muxtorali joriy yilning 25 fevral kuni soat 18:30 larda qo‘shnisi Hikoyatxon Mansurovani uyi tomonga qarab, plyonkaga o‘ralgan, bir necha marotaba tugilgan, ichida qum, chigal, kul, tuz bo‘lgan narsani otib yuboradi. Bu vaqtda esa uy egasi Muxtoraliga to‘g‘ri qo‘shni bo‘lgan Hikoyatxon ariqda kirlarini chayqab o‘tirib, uning harakatini kuzatib turadi qo‘shnisi esa uni ko‘rmay qoladi va unga nima sababdan band qilingan tugunni uning hovlisiga otganligi sababini so‘raydi.

Shunda qo‘shnisi Muxtorali nima qilishini bilmay qoladi va qo‘shnilari orasida go‘yoki boshqa narsani bahona qilib, o‘zaro janjallashib, uyatli so‘zlar bilan so‘kinib, bezorilik qiladi.

Sudda, Muxtorali haqiqatdan qo‘shnisi Hikoyatxonning hovlisiga “band” qilingan tugunni otganida Hikoyatxonni ariq bo‘yida kir yuvayotganligini ko‘rmaganligini, haqiqatdan ham ushbu band qilingan tugunni qo‘shnisining uyiga otganligini, bu holat boshqa takrorlanmasligini, nima qilishini bilmasdan qo‘shnisini uyatli so‘zlar bilan so‘kib, behurmat qilganligini aytib suddan yengillik berishni so‘radi.

Jabrlanuvchi Hikoyatxon sudda uning hovlisiga va avtomashinalariga doimiy ravishda band qilingan tugunchalarni kimdir tashlab ketishini u esa indamasdan uni yoqib yoki supirib yuborishini, joriy yilning 25 fevral kuni kechki payt ariqda kirlarini chayqab o‘tirgan vaqtida qo‘shnisi Muxtorali uyidan chiqib, atrofga qarab, uni ko‘rmasdan, qo‘lidagi band qilingan tugunni uyi tomonga otganligini, shunda “Muxtorali nima qilganingiz bu deb aytganligini”, qo‘shnisi Muxtorali esa o‘z o‘zidan katta ko‘chada baqirib, uni uyatli so‘zlar bilan so‘kkanligini, mahalladagilar ham uning bu harakatlaridan tinchligi buzilganligini va uning bu harakatlariga hayron bo‘lganligini aytib ko‘rsatma berdi.

Sud, ushbu holatlarni kelgusida takrorlanmasligini inobatga olib, huquqbuzarning mahallasida sayyor sud o‘tkazib, mahalla faollari ishtirokida tegishli tavsiyalar berdi.

Shu o‘rinda shuni aytish lozimki, qonunchilikda folbinchilik bilan shug‘ullanish, o‘zga shaxslarni “issiq-sovuq” qilish uchun band, tugun qilish uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi norma mavjud bo‘lishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Quva tuman ma’muriy sudining raisi
A.Jumayev

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Uyimga va avtomashinam oldiga doim folbinning “band” qilingan tugunini tashlab ketardi...