20:35 / 03.03.2020
4 193

Plastik shaklidagi yangi kadastr pasportining namunasi taqdim etildi

Plastik shaklidagi yangi kadastr pasportining namunasi taqdim etildi
O‘zbekiston Respublikasining yangi shakldagi kadastr hujjati NFC — smart chipi o‘rnatilgan plastik kartadan iboratdir. U eski uslubdagi kadastr pasportidagi barcha ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi, shuningdek, interaktiv davlat xizmatlarining yagona portaliga ulanish imkoniyatiga egadir, deyiladi Yer tuzish, geodeziya, kartografiya va davlat kadastr qo‘mitasi xabarida.

“Ushbu texnologiyaning afzalliklari orasida kommunal to‘lovlarni yangi kadastr kartasi orqali to‘lash imkoniyatini ta’kidlash mumkin, bu to‘lovlarni amalga oshirish jarayonini sezilarli darajada soddalashtiradi va kommunal instansiyalarning ish samaradorligini oshiradi”.

Foto: Davlat kadastr qo‘mitasi
Ma’lum qilinishicha, kommunal xizmatlarni mulk bilan bog‘liqligi ularni hisoblash va to‘lash sohasidagi islohotlarni o‘sishini ta’minlaydi.

Foto: Davlat kadastr qo‘mitasi
Avvalroq, “Ko‘chmas mulk ob’ekti kadastr pasportining yangi namunasini bosqichma-bosqich joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Hukumat qarori qabul qilingani haqida xabar bergan edik.

Qarorga ko‘ra, plastik shaklda tayyorlanadigan ko‘chmas mulk ob’ekti kadastr pasportining yangi namunasi:
– Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari, shuningdek, Toshkent shahrida – 2020 yil 1 martdan boshlab;
– Qoraqalpog‘iston Respublikasi va boshqa viloyatlarda esa – 2020-2022 yillarda bosqichma-bosqich joriy etiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Plastik shaklidagi yangi kadastr pasportining namunasi taqdim etildi