O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 2020 yil 28 fevraldagi 13-son bayoni bilan, 2019/2020 o‘quv yilining birinchi yarim yili uchun to‘lov-shartnoma shartlarini bajarish muddati uzaytirildi.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabariga ko‘ra, 2019/2020 o‘quv yilida:
- OTMlar bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari (kunduzgi, sirtqi, kechki, maxsus sirtqi ta’lim shakllari)ga hamda magistratura mutaxassisliklariga to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan (shu jumladan, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish istagini bildirgan) abituriyentlar;
- o‘qishi ko‘chirilgan va qayta tiklangan talabalar;
- xorijiy fuqarolar o‘qishi uchun to‘lov-kontrakt mablag‘larining birinchi yarmini o‘tkazish va ularni talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning so‘nggi muddati 2020 yil 20 mart (shu kuni ham kiradi) etib belgilandi.
Eslatib o‘tamiz, keyingi o‘quv yilidan boshlab talabalarga o‘qish uchun to‘lovni kamida to‘rtga bo‘lib to‘lash imkoni beriladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi