Bugun, 4 mart kuni xalq deputatlari To‘raqo‘rg‘on tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Namangan viloyati hokimi, senator Xayrullo Bozorov va O‘zbekiston Respublikasi prezidentning kadrlar bo‘yicha maslahatchisining birinchi o‘rinbosari Qahramon Quronboyev ishtirok etgan sessiyada tashkiliy masala ko‘rilib To‘raqo‘rg‘on tumani hokimi G‘ulomjon Sobitxo‘jayevich Murodxo‘jayev o‘z lavozimidan ozod etilgan.
Ilgari Xotin-qizlar qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan Zulayho Bahriddinovna Mahkamova To‘raqo‘rg‘on tumani hokimi etib tayinlandi.
Zulayho Mahkamova 1968 yilda Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. 1989 yili Namangan davlat pedagogika instituti va keyinchalik Prezident huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan. Mutaxassisligi o‘qituvchi-pedagog.
- "Shunday qilib, O‘zbekistonda ayol hokimlar soni jami 5 nafarga yetdi. Tushunishimizcha, tendensiyalar shuni ko‘rsatyaptiki, tez orada har bir hududda bir nafardan ayol hokim tayinlanadi va ularning soni jami 14 nafarga yetkaziladi", - deb yozadi @xushnudbek kanali. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi