Akromxon Boboxonov
Foto: Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi
Qashqadaryo viloyati, Mirishkor tumani hokimi Baxtiyor Rajabovning haqoratli audiosining internetda tarqalishi atrofida yuz bergan kadrlar almashinuvidan tuman prokurori ham chetda qolmagani xabar qilingan edi.
«Xabar.uz» manbasiga ko‘ra, ishdan olingan prokuror o‘rniga Ichki ishlar vazirligining Tergov departamenti sobiq boshlig‘i, vazirning sobiq o‘rinbosari Akromxon Boboxonov tayinlangan.
Qayd etish lozimki, o‘tgan 2019 yilning yozida Ichki ishlar vazirining bir yo‘la uch o‘rinbosari —general-mayor Davron Nazarmuhamedov, polkovnik Shavkat Mavlonov va polkovnik Akromxon Boboxonov iste’foga chiqarilgan edi.
O‘sha vaqtda ularning ikki nafari viloyat ichki ishlar boshqarmalariga rahbarlikka jo‘natildi. Xususan, Davron Nazarmuhamedov Xorazm viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga, Shavkat Mavlonov esa Sirdaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasiga boshliq bo‘lgandi. Akramxon Boboxonovning keyingi faoliyati noma’lumligicha qolayotgandi.
Mana, endi bugundan u Mirishkor tumani prokurorligiga «safarbar qilingani» aytilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi