
Meteorologlarning rasman tasdiqlashlaricha, 2020 yilning yanvari tarixdagi eng iliq oy bo‘ldi. Shu bois bahor fasli ham issiq bo‘lishi kutilmoqda.
Butunjahon meteorologik tashkilotining xabariga ko‘ra, o‘rtacha haroratlar oldingi yillardagiga nisbatan ancha yuqori bo‘lishini kutilmoqda. Bundan tashqari, Tinch okeanining sirt harorati ekvatorial kengliklarda juda katta darajada o‘zgarishi mumkin.
Atmosferadagi issiqxona gazlari energiyasining taxminan 90 foizi okeanlarga qaytariladi. Shu sababli chuqurliklarda jiddiy o‘zgarishlar ro‘y beradi.
“Issiqlikdan tashqari, bahorda ekvatorga yaqin bo‘lgan ba’zi joylarda ko‘proq yog‘ingarchilik kutilmoqda. Boshqa hududlarda yog‘ingarchilik miqdori normadan kam bo‘ladi”, deya qayd etilgan xabarda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar