18:01 / 05.03.2020
2 595

MIB 30 dan ortiq fuqarolarning ish haqlarini undirib berdi

MIB 30 dan ortiq fuqarolarning ish haqlarini undirib berdi
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Chirchiq tumanlararo sudining sud buyruqlariga asosan qarzdor “Chorbog‘” GES qurilish unitar korxonasi hisobidan jami 31 nafar ishchi-xodimlar foydasiga 150.509,5 ming so‘m ish haqi qarzdorligini undirish belgilangan.

Majburiy ijro byurosining Bo‘stonliq tuman bo‘limi davlat ijrochilari tomonidan mazkur hujjatlar ijroga qabul qilinib, nusxasi ish bo‘yicha taraflarga yuborilgan.

Biroq, korxona belgilangan muddatlarda qarzdorlikni ixtiyoriy ravishda undirish choralarini ko‘rmadi. Shunda, MIB Bo‘stonliq tuman bo‘limi xodimlari majburiy ijro harakatlarini olib borishga kirishdi va “Chorbog‘” GES qurilish UK hisobidan undiruvchi 31 nafar ishchi-xodimlar foydasiga 150 mln. 509 ming so‘m ish haqi undirib berildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » MIB 30 dan ortiq fuqarolarning ish haqlarini undirib berdi