O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5 mart kuni Rossiyaning “LUKOYL” kompaniyasi prezidenti Vagit Alekperovni qabul qildi.
Prezident matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston neft-gaz kompleksining muhim investori — “LUKOYL“ bilan strategik sheriklikda rivojlanishga erishilganini ta’kidlagan.
Bugungi kunda kompaniyaning qo‘shma loyihalarga kiritgan sarmoyalari hajmi 10 milliard dollar atrofida.
Yiliga 8 milliard kub metrdan ziyod tabiiy gazni qayta ishlash quvvatiga ega Qandim gazni qayta ishlash majmuasida ham faoliyat yuritmoqda. Janubi-G‘arbiy Hisor va Ustyurtdagi konlarni o‘zlashtirish davom etyapti.
Uchrashuvda O‘zbekiston hududida geologiya-qidiruv sohasida hamda uglevodorod konlarini, shu jumladan, qazib olinishi qiyin bo‘lganlarini o‘zlashtirish borasida kooperatsiyani mustahkamlash imkoniyatlari muhokama qilindi.
Shuningdek, ilmiy izlanishlar hamda energetika sektori uchun yuqori malakali kadrlarni tayyorlash sohasida hamkorlik qilishga kelishildi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi