14:25 / 06.03.2020
2 052

Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasida yangi tayinlov amalga oshirildi

Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasida yangi tayinlov amalga oshirildi
Davlat soliq qo‘mitasi Jismoniy shaxslarga xizmat ko‘rsatish boshqarmasi Resurs soliqlari va boshqa tushumlar bo‘limi boshlig‘i - boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Obidov Sulton Xakimovich Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Sulton Obidov 1980 yilda tug‘ilgan, ma’lumoti oliy. Toshkent davlat agrar universiteti hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va qurilishi akademiyasi qoshidagi Oliy beznes maktabini tamomlagan.

Soliq tizimidagi ish faoliyatini 2001 yilda Toshkent viloyati Chinoz tumani davlat soliq inspeksiyasi davlat soliq inspektori lavozimidan boshlab, turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.

Sulton Obidov bugunga qadar Davlat soliq qo‘mitasining Jismoniy shaxslarga xizmat ko‘rsatish boshqarmasi Resurs soliqlari va boshqa tushumlar bo‘limi boshlig‘i - boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)