Foto: Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi Bosh boshqarma boshlig‘i Abduvali Xoliqov talabalarning o‘qishdan chetlashtirish darajasi oshib borayotganligi haqida ma’lumot berdi.
«2016 yilgacha talabalar deyarli kursdan kursga qolmagan. Bu ko‘rsatkich 0,3 – 0,4 foiz atrofida bo‘lgan. Bugungi kunda 2-3 foizni ko‘rsatyapti.
Daraja o‘z-o‘zidan oshib boraveradi, chunki sifatli kadrlarga talab kuchaymoqda. Oliy ta’lim tizimi to‘liq isloh qilinish jarayonida. E’tibor bersangiz, OTMga qabul tizimi yengillashtirilmoqda. Oliygohni tugatish esa murakkablashib boraveradi. Bitiruvchilar soni kamayib ketaveradi.
Asosan 1-2-bosqich talabalarining o‘qishdan chetlashtirilish holatlari ko‘p kuzatilmoqda», – dedi Xoliqov 6 mart kuni AOKAda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida.
Uning aytishicha, oliy ta’limda kadrlarni tayyorlashda ish beruvchining talabiga katta e’tibor beriladi.
«Ish beruvchiga bugun diplomli talaba kerakmi yoki har tomonlama salohiyatga ega malakali mutaxassis kerakmi? Shu jihatlarni chuqur o‘rganishimiz kerak. Faqat topshiriq bersa bajaradigan emas, muammoli vaziyatlarda salohiyati bilan chiqib keta oladigan kadrlar zarur», – deydi Bosh boshqarma boshlig‘i. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video)
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Turkiyaning kutilmagan qadami: Isroil bilan savdo to‘xtatilgani nimani anglatadi?
Buxoroda birovning nomiga yashirincha onlayn kredit olgan 23 yoshli qiz ushlandi
Ikki toifa odamlar bor: ular hech nimani qo‘lga kirita olmaydi
Isroil rasmiysi: “Isroil urushni to‘xtatmaydi”