08:58 / 08.03.2020
7 483

Parkent dehqon bozorida yong‘in sodir bo‘ldi (video)

Parkent dehqon bozorida yong‘in sodir bo‘ldi (video)
7 martdan 8 martga o‘tar kechasi soat taxminan 23:30 atrofida Parkent tumani dehqon bozorida yong‘in chiqdi.
Dastlabki xulosalarga ko‘ra, yong‘inning kelib chiqishiga elektr energiyasidan noto‘g‘ri foydalanish sabab bo‘lgan. Halok bo‘lganlar, jarohatlanganlar yo‘q.

«Voqea joyiga kecha tunda viloyat hokimi Rustam Xolmatov bordi va yong‘in sabablarini chuqur o‘rganish, oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha mutasaddilarga ko‘rsatmalar berdi», deyiladi Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati xabarida.

Ayni paytda yong‘in to‘la o‘chirilgan, hududda viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, IIBB, tuman hokimligi mutasaddilari bo‘lib turishibdi. Yong‘in-qutqaruv xizmati xodimlari ish olib bormoqda. Bozor faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Parkent dehqon bozorida yong‘in sodir bo‘ldi (video)