Foto: «Russkievesti.ru»
Kompyuter va smartfonlardan haddan tashqari ko‘p foydalanish miyani holdan toydirib, demensiya va depressiya rivojlanishiga sabab bo‘ladi, deya xabar berdi «RIA Novosti»ga tayanib "Xabar" nashri.
«Okumura» xotira klinikasi direktori, neyroxirurg Ayumi Okumuraning so‘zlariga ko‘ra, oxirgi paytlarda xotirasi pasaygan odamlar soni ko‘paygan.
Achinarlisi, bunday tashxis faqat keksalarga qo‘yilmayapti. 30 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan insonlar xavf ostida. Aynan ular kompyuter va smartfonlardan ko‘p foydalanishadi, miyasini turli ma’lumotlarga to‘ldirib tashlaydi.
«Kiritilayotgan axborotlar soni ko‘payib ketganda miya ularni qayta ishlashga ulgurmaydi va axlatxonaga aylanadi», — deb izohlaydi Okumura.
Buning oldini olish uchun shifokorlar miyani albatta dam oldirishni, turli matoxlardan foydalanish vaqtini cheklashni, shuningdek, to‘yib uxlashni maslahat beradi. Kunduzgi tushlik paytida 15 daqiqa mizg‘ib olish ham foydali.
Bundan tashqari, mutaxassislar ovqatlanayotgan vaqtda gadjetlarni ishlatmaslikni tavsiya etishadi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, zamonaviy gadjetlardan foydalanish mushaklar gipotrofiyasi, uzoqni yaxshi ko‘rolmaslik, quruq ko‘z muammolarini keltirib chiqaradi. Biroq mobil telefon va planshetlar onkologik kasalliklarga sabab bo‘lishi isbotlanmagan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi”
Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi?
Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi?
“Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi?
AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Rossiya tashqi ishlar vaziri Makronni Napoleon va Gitler bilan solishtirdi
Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi”