date
views 2 990

O‘zbekiston metrologiya sohasida etalonlar soni 12tadan 160taga oshiriladi

O‘zbekiston metrologiya sohasida etalonlar soni 12tadan 160taga oshiriladi
1 kg og‘irlik etaloni / Foto: Svetlana Xolyavchuk / Interpress / TASS
Hozir O‘zbekiston metrologiya tizimida 12 dona etalon mavjud, bu raqam yaqin yillarda 160taga yetkaziladi.
Bu haqda 10 mart kuni Milliy matbuot markazida «O‘zstandart» agentligi xodimlari ishtirokida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi, deb xabar bermoqda Kun.uz nashri.

Etalon – biror narsaning ideal namunasi, o‘lchovi, fan va texnikaning muayyan taraqqiyot darajasida eng yuqori aniqlikka erishilgan o‘lchov asbobi.
«Bu asbobning qulayligi bilan bir qatorda narxi qimmatligini ham aytib o‘tish kerak.

Milliy etalon bazasida yuqori aniqlikdagi o‘lchov vositalarining kuzatuvchanligini va metrologik nazoratni ta’minlash maqsadida qo‘llaniladigan 12 dona etalonlar mavjud bo‘lib, mazkur milliy etalonlar yordamida respublikaning mashinasozlik, sog‘liqni saqlash, tog‘-kon, metallurgiya, aviasozlik, yengil sanoat, atom energetikasi, kimyo sanoati kabi sohalarda 511dan ortiq yuqori aniqlikdagi o‘lchov vositalarning metrologik nazorati ta’minlanadi.

Biroq texnik imkoniyatlar mavjud emasligidan kelib chiqqan holda 1144 dona namunaviy o‘lchash vositalari xorijiy metrologiya institutlariga kalibrlashga olib chiqilmoqda», – dedi O‘zbekiston milliy metrologiya instituti direktori Lazizbek Saidoripov.

Ma’lum qilinishicha, sanoat ehtiyojlarini kengroq qamrab olish maqsadida 2018-2022 yillar davrida jami 5 808 ming dollar qiymatli 21 dona etalonlar xarid qilinishi ko‘zda tutilgan.

Bu esa o‘z navbatida qo‘shimcha 2122 dona namunaviy o‘lchov vositalari ustidan metrologik nazoratni qamrab olishga imkon yaratadi.
Xususan, 2018-2019 yillarda qiymati 756 ming dollardan ortiq qiymatga ega 9 dona etalonlar xarid qilinib, laboratoriyalarga o‘rnatildi.

Bundan tashqari, «O‘zbekiston milliy metrologiya instituti» davlat korxonasi 16ta o‘lchash yo‘nalishlari bo‘yicha kalibrlash xizmatlariga akkreditatsiya doirasini kengaytirgan bo‘lib, hozirgi kunda qo‘shimcha 62 dona (jami 78 dona) o‘lchash yo‘nalishlari bo‘yicha kalibrlash xizmatlariga akkreditatsiya doirasini kengaytirish yuzasidan ishlar amalga oshirilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekiston metrologiya sohasida etalonlar soni 12tadan 160taga oshiriladi