World Justice Project xalqaro fuqarolik jamiyati tashkiloti tomonidan yuritiladigan «Qonun ustuvorligi» indeksi bo‘yicha 2020 yil uchun hisobot e’lon qilindi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston umumiy reytingda 0.47 ball bilan 92-o‘rinni egalladi.
Moliya vazirligi xabariga ko‘ra, O‘zbekiston «Qonun ustuvorligi» indeksining Tartib va xavfsizlik ko‘rsatkichida yillar davomida ijobiy natija ko‘rsatib kelmoqda (0,9 ball bilan dunyo mamlakatlari orasida 11-o‘rin). 2020 yilda mamlakatning eng katta o‘zgarishi Korrupsiyaning mavjud emasligi ko‘rsatkichida kuzatildi: 0.40 ball bilan 89-o‘rin (2019 yilda 0.38 ball bilan 95-o‘rin).
“Qonun ustuvorligi” indeksining tarkibiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha respublikamizning natijalari quyidagi jadvalda keltirilgan:
O‘zbekiston MDH mamlakatlari orasida eng yuqori ijobiy o‘zgarish qayd etdi.
«Qonun ustuvorligi» indeksi 0 (eng past)dan 1 (eng baland) ballgacha bo‘lgan shkalada baholanib, ularga tegishli reyting beradi. Indeksda davlatlar asosiy 8 omil bo‘yicha tahlil qilinib hamda 44 ta subko‘rsatkichga bo‘lingan: hukumat vakolatlarining cheklanishi, korrupsiyaning yo‘qligi, ochiq hukumat, asosiy huquqlar, buyruq va xavfsizlik, normativ qoida, fuqarolik odil sudlovi hamda jinoiy odil sudlov.
Indeks World Justice Project tashkiloti tomonidan umumlashtirilgan General Population Poll” (GPP) va “Qualified Respondents’ Questionnaires” (QRQs) katta hajmli savollardan iborat so‘rovnomalariga asoslangan holda baholanadi. O‘zbekistonda so‘rovnoma Toshkent, Namangan va Samarqand viloyatlarida o‘tkaziladi.
Vazirlik izohida aytilishicha, Kosovo va Gambiya 2020 yilgi hisobotiga kiritilganligi sababli umumiy mamlakatlar soni 128 taga yetdi. Natijada, O‘zbekiston umumiy reytingda 4 pog‘onaga yuqorilagan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video)
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
O‘zbekiston xalqaro investitsiya forumida qanday kelishuvlarga erishdi?
Makronni Rossiya raketalari qo‘rqitib yubordi
Ronaldu Messidan uzoqlashmoqda!
Isroil rasmiysi: “Isroil urushni to‘xtatmaydi”