22:04 / 21.03.2020
4 867

Geometrik figuralardan qaysi biri sizga yaqin?

Geometrik figuralardan qaysi biri sizga yaqin?
Ushbu test shaxsga aloqador bir qancha muhim xarakterologik sifatlarni aniqlashga imkon beradi. Shuningdek, test o‘z-o‘zini tahlil qilish malakalarini mustaxkamlaydi va o‘zini tarbiyalashga yordam beradi.
Tavsiya etilgan geometrik figuralardan qaysi biri Sizga yaqinligini belgilang va unga “1” raqami qo‘ying. Qolganlarni ham yoqishiga qarab, 5 gacha baholab chiqing.
Endi Sizga xos bo‘lgan psixologik xususiyatlar va fazilatlarni bilib oling.

Kvadrat
Hayotiy qadriyatlari: tartib, ish, an’analar, reputatsiya.
Asosiy psixologik xususiyatlari: Ijobiylari - tartiblilik, intizom, o‘z vaqtida ishlarni bajaradigan, ozoda-pokiza, qonunga bo‘ysunuvchi, mehnatsevar, chidamli, tirishqoq, qat’iyatli, qarorlari qat’iy, so‘zining ustida turadigan, halol, oqil, aql bilan ish ko‘radigan, bosiq, tejamkor, pishiq.
Salbiylari: ko‘ngliga har xil fikrlar keladigan, bir yoqlama, pedant, o‘ta talabchan, mayda-chuydaga ham e’tibor beradigan, jiddiy, chidamli, qaysar, konservativ, yangilikdan cho‘chiydigan, fantaziyasi kambag‘al, pismiqroq, pishiq.

Uchburchak
Asosiy qadriyatlari: xokimiyat, liderlik, amal, mavqe, g‘alaba, manfaat.
Asosiy psixologik sifatlari: Ijobiylari - yaxshi lider, o‘ziga mas’uliyatlarni oladigan, har narsada asosiy, mohiyatni ko‘ruvchi, kuchini safarbar qila oladigan, g‘alabaga erisha oladigan, o‘ziga ishonchli, qat’iyatli, tavakkalchi, g‘ayratli, to‘g‘ri so‘z, hissiyotlari boy, aqlli.
Salbiylari: egotsentrik, egoist, nazorat qilishni yaxshi ko‘radigan, o‘zgacha fikrlarga tokatsiz, ishga o‘ta beriluvchanlik, har narsadan manfaat qidiradigan, qaysar, impulsiv, beshafqat, toqatsiz, qo‘pol, rahmsiz, achchig‘i tez, zaharxanda.

Aylana
Asosiy qadriyatlar: insonlarga xizmat qilish, oila baxti va manfaati, bolalar, muloqot.
Asosiy psixologik xususiyatlari: Ijobiylari - muloqotga ehtiyoj, kirishuvchanlik, hammabop, mehribon, g‘amxo‘r, sadoqatli, kuchli ijtimoiy intuitsiyaga ega, empatiya hissi kuchli, bag‘ri keng, qo‘li ochiq, hissiyotlarga beriluvchan, bosiq, yuvosh, kechirimli, janjaldan yiroq yuruvchi.
Salbiylari: o‘zgalar fikriga tobelik, betartib, o‘ta yumshoq, talabchan emas, qat’iyatsiz, narsalarni ayamaydigan, laqma, sentimental, ko‘ngli bo‘sh.

To‘rtburchak
Asosiy qadriyatlari: o‘zgarish, dinamika, azart.
Asosiy psixologik xususiyatlari: Ijobiylari - intiluvchan, yangilikni qidiradigan, qiziquvchan, yaxshi ta’lim oladigan, ziyrak, sezgir, ishonuvchan, samimiy, dadil, yaxshi o‘yinchi.
Salbiylari: qat’iyatsiz, qarorlari mavhum, ish va so‘z birligi yo‘q, yengiltak, ishonuvchan, emotsional beqaror, sodda, o‘ziga bahosi past, lanj, unutuvchan, kechirimli.

Zigzag
Asosiy qadriyatlari: erkinlik, ijod, o‘zgarish.
Asosiy psixologik xususiyatlari: Ijobiylari - yangilik, ijodga intilish, bilishga chanqoqlik, g‘alayonchi, xayolparast, optimist, kelajakka intilgan, ruhi tetik, ekspressiv, tashabbuskor, aqlli.
Salbiylari: tartibsizlik, qo‘nimsizlik, o‘zgaruvchanlik, individualizm, ishonchsiz, qonunlarni buzuvchi, realistik qarashning yo‘qligi, subutsiz, impulsiv, o‘zini namoyishkorona ko‘rsatadigan, zahar, kesatib gapiradigan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Geometrik figuralardan qaysi biri sizga yaqin?