20:13 / 13.03.2020
6 298

Koronavirusning oddiy shamollashdan farqi nimada?

Koronavirusning oddiy shamollashdan farqi nimada?
Foto: «7ya.ru»
Covid-19 koronavirus infeksiyasi pandemiyasi e’lon qilinishi jiddiy masala. Quyidagi ma’lumotlar dahshatli kasallikni o‘tkir respirator infeksiyalari bilan adashtirib qo‘ymaslikka yordam beradi. Aynan ular, birinchi navbatda, profilaktika haqida o‘ylashi zarur, deb yozadi «RIA Novosti»ga tayanib "Xabar" nashri.

Yo‘tal va isitma
Covid-19 koronavirus infeksiyasi alomatlari virusni yuqtirgandan so‘ng 2 – 14 kun o‘tib namoyon bo‘ladi. Unga quruq yo‘tal va yuqori tana harorati xos.

Shamollaganda yoki bronxitda yo‘tal odatda nam bo‘ladi. Grippda isitma yo past bo‘ladi, yo umuman bo‘lmaydi (kamdan-kam hollarda tana harorati 39 darajagacha ko‘tarilishi mumkin).

Nafas olish qiyinlashishi
Asosiy ajralib turuvchi belgisi. Chunki Covid-19 ning asosiy sababchisi — virusli pnevmoniya. Hatto unchalik kuchli namoyon bo‘lmaganda ham, atrofdagilar, ayniqsa, keksa yoshdagi insonlar uchun xavf tug‘diradi.

Xavf guruhi
Bolalar va o‘smirlarda koronavirus infeksiyasi kam kuzatiladi.
Og‘ir ko‘rinishlari ko‘pincha 40 yoshdan oshgan kishilar, surunkali o‘pka, yurak-qon tomir tizimi yoki diabetdan qiynalayotgan bemorlarda uchraydi.

Diqqat!
Koronavirus aniqlangan mamlakatlardan qaytib kelgan odamlar har qanday noxushlikdan hushyor tortishi zarur.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)