Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi zimmasiga yuklatilgan vafilardan biri – energiya resurslari sohasida tarmoqlardan noqonuniy foydalanish holatlari oldini olishdir.
Byuro tezkor xodimlari tomonidan navbatdagi tarmoqdan noqonuniy foydalanish holati Zomin tumanida ma’suliyati cheklangan jamiyatda aniqlandi.
Majburiy ijro byurosi Zomin tuman bo‘limi xodimlari tomonidan umumiy ovqatlanish korxonasida elektr energiyasidan foydalanish ahvoli yuzasidan tekshirish o‘tkazilganda, shohobchada o‘rnatilgan elektr hisoblash uskunasining ko‘rsatkichini o‘zgartirish maqsadida tashqi ta’sir ko‘rsatib, elektr hisoblash uskunasiga yordamchi bo‘lgan toka trnasformatorni nosoz holatga keltirib elektr energiyasidan foydalanginligi aniqlangan.
Bundan tashqari, Zomin tumanidagi yana bir korxonaning oqava suv (kanalizatsiya) quvurlarini o‘rnatish ishlari ko‘zdan kechirilganda, polietilin quvurni eritish moslamasi (fen)ni elektr tarmoqlariga shartnoma tuzmasdan hamda elektr hisoblash uskunasi o‘rnatmagan holda o‘zboshimchalik bilan noqonuniy ulanib foydalanib kelinganligi ma’lum bo‘ldi.
Oqibatda, jamiyat tomonidan elektr ta’minoti korxonasi manfaatiga 25 mln. 426 ming so‘m miqdorida zarar yetkazilgan bo‘lsada, jamiyat mas’ul xodimi I.Jiyanmurodov belgilangan muddatda yetkazilgan moddiy zararning o‘rnini to‘liq qoplaganligi, qilgan ishidan chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lganligi sababli javobgarlikdan ozod etildi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi
U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi!
Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video)
Ukraina milliy banki noxush ma’lumotni oshkor etdi
Organizmda gormonlar bilan bog‘liq muammo borligini bildiradigan simptomlar
Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin
Yetti nafar o‘zbekistonlik mehnat muhojiri Qozog‘istondan chiqarib yuborildi
Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi