Chegaralar yopilmoqda: O‘zbekiston barcha aviaqatnovlarni to‘xtatdi

Chegaralar yopilmoqda: O‘zbekiston barcha aviaqatnovlarni to‘xtatdi
16 martdan O‘zbekistonning chet el davlatlari bilan avia va avtomobil qatnovlari to‘xtatiladi.
16 mart kunidan e’tiboran O‘zbekiston jahonning barcha mamlakatlari bilan avia va avtomobil qatnovlari to‘xtatiladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov maxsus brifing chog‘ida ma’lum qildi.

Shu bilan birgalikda, temir yo‘l orqali yo‘lovchi tashishga uch kun davomida ruxsat beriladi. Bu masala ham yaqin vaqt ichida ko‘rib chiqiladi.

Kun.uz nashri xabar berishicha, endilikda O‘zbekiston fuqarolarining chet davlatlarga chiqishi, chet davlat fuqarolarining O‘zbekistonga kirishi taqiqlanadi. Chet davlatlarda qolgan o‘zbekistonliklarning qaytishi uchun charter reyslar tashkil etilishi mumkin, xorijdan qaytarilganlarning barchasi karantinga joylashtiriladi.

Jamoat transportlari, avtobus va poyezd bekatlari har 4 soatda dezinfeksiya qilinadi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar