
Havaskor oshpazlar ko‘pincha borsh tayyorlashda bir qator xatolarga yo‘l qo‘yadi. Bu haqda ukrainalik oshpaz Anton Samoylov aytib o‘tdi.
Uning ta’kidlashicha, eng asosiy xato — borshga qovurilgan poliz mahsulotlari solishdir. Agar taomga o‘zi shundoq ham yog‘li go‘sht solingan bo‘lsa, borsh haqiqiy fojeaga aylanadi.
«O‘zingiz bir o‘ylab ko‘ring, quyruq yog‘ini qovurish uchun tovaga yog‘ solsangiz nima bo‘lar edi. Bu ham xuddi shunga o‘xshash holat», — deydi oshpaz. U borsh uchun lozim bo‘lgan lavlagi, savzi, karam va piyozni qozonga xomligicha tashlashni maslahat berdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar