Davlat soliq qo‘mitasi raisining so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda oziq-ovqat zaxirasi yetarli, vahimaga o‘rin yo‘q.
O‘zbekistonga koronavirus kirib kelishi munosabati bilan aholida tug‘ilayotgan qator savollarga javob olish uchun Kun.uz muxbiri Davlat soliq qo‘mitasi raisi Behzod Musayev bilan suhbatda bo‘ldi.
«Hamma yer yopilgan bo‘lsa, uyda o‘tiradigan bo‘lsa, tezda oziq-ovqat mahsulotlarini g‘amlab olishimiz kerak. Ertaga O‘zbekistonning hamma chegarasi yopiladi, shu bilan oziq-ovqat yetmaydi», degan xavf bormi? Tabiiyki, bunday xavf yo‘q.
O‘zbekiston Respublikasi o‘z xalqini boqa olish imkoniyatiga ega», – dedi Soliq qo‘mitasi raisi.
Uning ta’kidicha, mahsulotlar yetishmasligiga asosning o‘zi yo‘q.
«Tabiiyki, zaxira har doim bo‘lib kelgan. Ham moliyaviy tomondan, ham oziq-ovqat tomonidan. Shuning uchun bozorda shakar mahsuloti, go‘sht mahsuloti yetishmayatimi, zaxiradan chiqariladi. Lekin yetishmasligiga asosning o‘zi yo‘q.
Koronavirus dunyo bo‘yicha ikki oydan beri yuribdi. Lekin bozorda birorta mahsulotning yetishmovchiligi bo‘ldimi? Biror bir mahsulot narxi oshdimi? Yo‘q. Bunday keyin ham shunday bo‘lib qoladi», – dedi Behzod Musayev. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi?
Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi
Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti
Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi
Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi
Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi