10:20 / 16.03.2020
9 351

Koronavirus inson tanasida qancha yashaydi?

Koronavirus inson tanasida qancha yashaydi?
Foto: Reuters
Yangi tadqiqotlarga ko‘ra, patogen mikroorganizmlar havo yo‘llarida qolishi va ikki haftadan ko‘proq vaqt davomida yuqumli bo‘lib qolishi mumkin.

Pandemiya qanchalik og‘ir bo‘lishining yana bir dalilini, xitoylik shifokorlar davolagan bemorlarning nafas olish namunalarini o‘rganish orqali topdilar. The Lancet ilmiy jurnaliga ko‘ra, koronavirus RNK infeksiyadan keyin kamida 20 kun saqlanib qoladi, ammo virus bilan kasallanish holatlari 37 kunda ham qayd etilgan.

Olimlar ushbu xulosalarga XXRdagi COVID-19 bilan kasallangan 191 bemorning, shu jumladan vafot etgan 54 bemorning kasallik tarixi va laboratoriya ma’lumotlari tahlili asosida keldilar.

Tadqiqot natijalari "bemorni izolyatsiya qilish to‘g‘risida qaror qabul qilishda ham, davolanish muddati bo‘yicha ko‘rsatmalar uchun ham muhimdir", deydi xitoylik shifokorlar.

Hozirgi vaqtda infeksiyalangan odam uchun tavsiya etilgan izolyatsiya davri 14 kun. Ammo virus alomatlari yo‘qolgandan keyin omon qolganligi sababli, kasal bo‘lganlar patogenning tarqalishini karantindan qaytgandan keyin ham davom ettirishlari mumkin.

SMCP hisoblagichiga ko‘ra, 13 mart kuni 134 mingdan ortiq odam dunyo koronavirusini yuqtirgan, 70 mingdan ortiq kishi tuzalib ketgan, 5 mingdan ortiq odam vafot etgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Koronavirus inson tanasida qancha yashaydi?