20:30 / 16.03.2020
3 804

MIBning rasmiy sayti fuqarolarimizga bir qator yangiliklarni taqdim etmoqda

MIBning rasmiy sayti fuqarolarimizga bir qator yangiliklarni taqdim etmoqda
Ushbu “mib.uz” sayti orqali fuqarolarimiz - kommunal sohadagi hamda sudlar va boshqa organlar qarorlari bo‘yicha qarzdorliklarni tekshirish, ijro ishi yuritishning barcha bosqichlarini kuzatib borish, shuningdek, xorijga chiqish uchun cheklovlar haqidagi ma’lumotlarni bilib olishlari mumkin.

Bundan tashqari, Byuro davlat ijrochilari ish yurituvidagi sud va boshqa organlarning qarorlari ijro etilishi jarayonini kuzatib bormoqchi bo‘lsangiz, “INTЕRAKTIV XIZMATLAR” sahifasidagi “Ijro monitoringi” blogidan bilib olish mumkin.

Respublika hududidan chetga chiqish huquqi cheklangan yoki cheklanmaganligi haqidagi ma’lumotlar bilan tanishmoqchi bo‘lsangiz, ushbu saytning “INTЕRAKTIV XIZMATLAR” sahifasidagi “Respublikadan chiqishga cheklov” blogi orqali bilib olasiz.

Shuningdek, oylik aliment miqdorlari haqidagi ma’lumotlar “Alimentlar kalkulatori” blogida joylashtirilgan.
Unutmaslik kerakki, fuqarolarimizga qarzdorliklarni aniqlash, ijro hujjatlari jarayoni bilan tanishish hamda xorijga chiqish uchun TAQIQlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar ushbu sayt orqali BЕPUL, TЕZKOR va SHAFFOF tarzda olish imkonini beradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » MIBning rasmiy sayti fuqarolarimizga bir qator yangiliklarni taqdim etmoqda