07:55 / 17.03.2020
5 121

Koronavirus aniqlangan bemorlarning ahvoli qanday?

Koronavirus aniqlangan bemorlarning ahvoli qanday?
Koronavirus aniqlangan bemorlarning ahvoli qanday? Bu savolga O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov javob berdi.

«Og‘ir ahvoldagi bemorlarimiz yo‘q. Bu barchamizni tinchlantiradigan holatdir. Bugungi kunda shifoxonalarimizda 641 fuqaro karantinda turibdi. Bularda kasallik yo‘q. Lekin bemorlar bilan yaqin muloqotda bo‘lishgan. Bu borada aytmoqchimanki, karantinga olayotganimizda ularning kasbiga, lavozimiga qaralmayapti. Hammani tushuntirgan holda majburiy karantinga o‘tkazyapmiz.

Bugungi kunda shifoxonada bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan tibbiyot xodimlarini ham karantinga qo‘yganmiz. Bundan tashqari, karantinda ichki ishlar, bojxona, chegara xodimlari ham bor. Fuqaro o‘tib ketayotgan paytda kasallik belgisi bo‘lmagan, lekin biz bir kun yo ikki kundan keyin tekshiruvda aniqlaganimizda kim bilan muloqotda bo‘lgan bo‘lsa, ularning barchasini karantinga olyapmiz.

Bemor bilan yaqin muloqotda bo‘lganlarni shifoxonada, karantinga olinganlar bilan muloqotda bo‘lganlarni esa uydagi karantinga olyapmiz. Mana hozir ikki kun ichida 5 ming 661 fuqaromizni uydagi karantinga o‘tkazganmiz. O‘ylaymanki, shu kabi ko‘rilayotgan choralar mamlakatimizda bu kasallikning keskin tarqalib ketishi va boshqaruvsiz holatga kelib qolishining oldini olishga yordam beradi».

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Koronavirus aniqlangan bemorlarning ahvoli qanday?