Yaqinlashib kelayotgan Navro‘z bayrami munosabati bilan mulkchilik shaklidan va haftalik ish kunlari sonidan qat’i nazar barcha xodimlar ketma-ket uch kun dam olishadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 14.11.2019 yildagi «2020 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida»gi Farmoniga muvofiq, 23 mart – dushanba qo‘shimcha dam olish kuni etib belgilangan.
21 mart – bayram kuni shanba kuniga to‘g‘ri kelgani bois haftasiga 5 kun ishlaydigan xodimlar ham haftasiga 6 kun ishlaydigan xodimlar ham 3 kun ketma-ket dam olishadi.
21 mart – shanba (Navro‘z bayrami);
22 mart – yakshanba (dam olish kuni);
23 mart – dushanba (qo‘shimcha dam olish kuni).
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 121-moddasiga muvofiq, 20 mart – juma kuni ish (smena) muddati barcha xodimlar uchun kamida bir soatga qisqartirilishi lozim.
Eslatib o‘tamiz, 23 mart kuni uchun belgilangan qo‘shimcha dam olish kuni yilning boshqa dam olish kuni bilan almashtirilmaydi. Koronavirus xavfi sabab e’lon qilingan karantin holati dam yaqinlashib kelayotgan olish kunlarining davomiyligiga ta’sir etmaydi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko: “Belarusga hujum Uchinchi jahon urushining boshlanishidir”
Olimlar Antarktida ustidagi ozon teshigining qisqarganini e’lon qildi
Isroil sobiq bosh vaziri Netanyaxuni G‘azodagi operatsiyani cho‘zishda aybladi
“Hizbulloh” Livandagi peyjer portlashlari tufayli Isroilni jazolash bilan tahdid qildi
AQSHda sherif sudyani otib o‘ldirdi
Ikki talaba Finlandiyadan orol sotib oldi. Bu AQSHdagi uydan arzonroqqa tushdi
Slovakiya o‘zbekistonliklarni ishga taklif qilyapti
O‘zbekiston Rossiyaning GLONASS tizimi signalidan foydalanishi mumkin