Koronavirus infeksiyasiga tekshiruvdan o‘tish uchun avvalo infeksionist ko‘rigidan o‘tish kerak. Terapevt-infeksionist ko‘rigidan o‘tgan kishida kasallik alomatlari bo‘lsa va epidemiologik ko‘rsatma berilsa, uni koronavirusda gumon qilib tekshirish mumkin.
Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi qoshidagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori Bahrom Almatov ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Kun.uz nashri.
«Agar ko‘rik paytida koronavirus belgilari bo‘lmasa hamda o‘sha odam boshqa kasallar bilan muloqotda bo‘lmagan bo‘lsa, tekshiruv maqsadga muvofiq emas.
Tekshiruvdan o‘tkazish mumkin, qachonki, ko‘rsatma bo‘lgan taqdirda», – dedi Almatov.
Uning aytishicha, xususiy davolash muassasalarida hozircha bu kabi tekshiruvlar yo‘lga qo‘yilmagan.
«Xususiy davolash muassasalarida koronavirusga tekshirish maqsadga muvofiq ham emas. Chunki bu – yuqumli kasallik. Shuning uchun, fuqarolarimiz o‘zining sog‘lig‘ini nazorat qilsa, bu o‘zi uchun foyda», – dedi O‘zbekistonning bosh davlat sanitariya vrachi.
Eslatib o‘tamiz, koronavirusning asosiy to‘rtta belgisi quyidagilardir:
– Isitma
– Yo‘tal, aniqrog‘i quruq yo‘tal
– Nafas olishning qiyinlashishi. Bu – aynan koronavirusga xos.
– Xorijga chiqib kelganlik yoki xorijda bo‘lib qaytgan odamlar bilan aloqada bo‘lganlik. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi