06:00 / 19.03.2020
3 232

Toshkent shahrida avtobuslar harakati qisqartiriladi

Toshkent shahrida avtobuslar harakati qisqartiriladi
«Toshshahartransxizmat» AJ tasarrufidagi yo‘nalishlarda qatnayotgan avtobuslar harakat jadvaliga vaqtinchalik o‘zgartirishlar kiritildi.
Kompaniya matbuot xizmatining xabar berishicha, 2020 yilning 19 martidan boshlab yo‘lovchi oqimi keskin kamaygan vaqtlar – soat 10:00dan 16:00ga qadar atvobuslar harakati oraliq intervallari uzaytirilmoqda.

Bunga ayni kunlarda O‘zbekistonda karantin e’lon qilingani, jamoat transportida yo‘lovchi oqimining keskin qisqarishi natijasida tig‘iz vaqtlardan tashqari avtobuslarning yo‘nalishlarda yo‘lovchisiz harakatlanishi kuzatilayotgani va bu transport vositalarining yemirilishiga, yoqilg‘i-moylash mahsulotlarining samarasiz sarflanishiga sabab bo‘layotgani sabab qilib ko‘rsatilgan.

«Toshshahartransxizmat» vaqtincha yuzaga kelgan bunday noqulaylik uchun uzr so‘ragan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent shahrida avtobuslar harakati qisqartiriladi