date
views 3 524

“Shoxida yurgan” huquqbuzar qonunga bo‘ysundi

“Shoxida yurgan” huquqbuzar qonunga bo‘ysundi
Davrning shiddat bilan o‘zgsharishi barcha sohalarda yangilanish va yangilik yaratish imkonini bermoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 9 iyuldagi “Yoqilg‘i energetika sohasida o‘zaro hisob-kitoblarni yanada takomillashtirish va moliyaviy barqarorlikni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5761–sonli Farmoniga asosan Buxoro viloyatining barcha hududlarida zamonaviy hisobga olish uskunalari o‘rnatish va elektr energiyasining avtomatlashtirilgan tizimiga ulash borasidagi ishlar jadal sur’atlarda olib borilmoqda.

Kommunal sohada innovatsion texnologiyalarni qo‘llash inson omilini keskin kamaytirish imkonini bermoqda. Zamonaviy elektron elektr hisoblagichlar iste’mol qilingan elektr energiyasi hajmi, to‘lov hisob-kitobi va noqonuniy ulanishlarning oldini oldini olishda ham qo‘l kelmoqda. Ammo ayrim fuqarolarimiz qonun talablarini tan olmaslik, unga panja orasidan qarab o‘z manfaatini umummanfaatidan ustun qo‘yish holatlari ham aniqlanmoqda.

O‘tkazilgan tezkor tadbirlarda Shofirkon tumanida yashovchi fuqaro D.Zaripov xonadoni elektron hisoblagich o‘rnatilgan bo‘lishiga qaramasdan xonadon sohibi hisoblagichdan tashqari turli elektr jihozlarini umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga ulanib olgan.

MIB xodimlari tomonidan noqonuniy holat fosh etilib, huquqbbuzar tomonidan davlatga yetkazilgan 4 million 805 ming 550 so‘mlik zarar hamda ma’muriy jarima summalari undirildi.
Korchalonlikda “shoxida yurgan” D.Zaripov qonunga bo‘ysunmay iloji yo‘qligini anglagan bo‘lsa ajab emas.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Shoxida yurgan” huquqbuzar qonunga bo‘ysundi