3 328
Davlatlarning baxtiyorlik bo‘yicha reytingi e’lon qilindi. O‘zbekiston MDH davlatlari ichida yetakchi
BMT butun dunyoda 20 mart kuni nishonlanadigan Xalqaro baxt kunida davlatlarning baxtiyorlik bo‘yicha navbatdagi reytingini e’lon qildi. E’tiborlisi, O‘zbekiston ushbu reytingda 38-o‘rinni egallab, MDH davlatlari o‘rtasida yetakchi deb topilgan.
Bu haqda World Happiness Report hisobotida ma’lum qilingan.
Reytingda uchinchi yil qatorasiga Finlyandiya yetakchilik qilmoqda. U eng baxtli davlat deb topilgan. Yuqori o‘ntalikdagi keyingi o‘rinlarni Daniya, Shveysariya, Islandiya, Norvegiya, Niderlandiya, Shvetsiya, Yangi Zelandiya, Avstriya va Luksemburg egallagan.
Shuningdek, yetakchi davlatlardan Buyuk Britaniya 13-o‘rinni, Germaniya 17-o‘rinni, AQSH 18-o‘rinni, Fransiya 23-o‘rinni, Rossiya 67-o‘rinni, Xitoy 94-o‘rinni egallagan.
E’tiborlisi, O‘zbekiston reytingning 38-o‘rnidan joy olib, MDH davlatlari orasida yetakchi bo‘ldi. Markaziy Osiyo davlatlaridan Qozog‘iston 50-o‘rinni, Tojikiston 71-o‘rinni, Qirg‘iziston 74-o‘rinni va Turkmaniston 95-o‘rinni egallagan.
Eng bebaxt davlatlar deb Hindiston, Malavi, Yaman, Botsvana, Tanzaniya, Markaziy Afrika Respublikasi, Ruanda, Zimbabve, Janubiy Sudan, Afg‘oniston topilgan.
Reytingga hammasi bo‘lib 153 ta davlat kiritilgan bo‘lib, mutaxassislar ulardagi aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot darajasi, umr ko‘rish davomiyligi, aholining ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanishi, saxiylik, korrupsiya darajasi, fuqarolarning muhim qarorlarni mustaqil qabul qilishdagi erkinligi va boshqa ko‘rsatkichlarni hisobga olishadi. Ushbu ko‘rsatkichlar 10 ballik shkala bo‘yicha baholanib, so‘ngra har bir davlat uchun o‘rtacha ball chiqariladi.
World Happiness Report (Baxtiyorlik to‘g‘risidagi hisobot) BMTning barqaror rivojlanish yechimlarini izlash bo‘limi tomonidan har yil tuzilib kelinadi. Ushbu hisobot ilk bor 2012 yilda e’lon qilingan.
20 mart butun dunyoda Xalqaro baxt kuni sifatida nishonlanadi. Ushbu kun BMT Bosh assambleyasining 2012 yil 28 iyundagi rezolyutsiyasi bilan ta’sis etilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Ukraina kamikadze dronlari Belgorod viloyatidagi aholi punktlariga hujum uyushtirdi
Xoakin Bakli "qattiq" jangchi. Biroq Nursulton Ro‘ziboyev...
Qozog‘istonda davlatlararo qidiruvga berilgan shaxs Samarqandda ushlandi
Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi
Pentagon rahbari Xitoyni AQSHning asosiy raqibi deb atadi
Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda