3 780
«Bugun qarindoshlarga yaxshilik — ularning oldiga bormaslik» — Toshkent shahar bosh imom-xatibi
Toshkent shahar bosh imom-xatibi Nuriddin Xoliqnazarov aholini koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish uchun imkon qadar ko‘proq uyda o‘tirishga chaqirdi. Uning videomurojaati «Telegram»dagi @koronavirusinfouz rasmiy kanalida e’lon qilindi.
—Biz qadim-qadimdan bayramlarni o‘tkazishda silai rahm qilardik. Ya’ni qarindosh-urug‘dan xabar olishga targ‘ib qilardik. Lekin hozirgi vaziyat buni talab qilmaydi. Shuning uchun bugun silai rahm qilish, ya’ni qarindosh-urug‘ga yaxshilik qilish — ularning oldiga bormaslik bilan bo‘ladi.
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) mo‘min-musulmonlarga ta’lim berib aytardilarki, haqiqiy musulmon shunday kishiki, boshqalarga o‘zining tilidan ham, qo‘lidan ham ozor bermasin. Haqiqiy mo‘min shunday mo‘minki, o‘zi yaxshi ko‘rgan narsasini boshqaga ravo ko‘radi, o‘zi yomon ko‘rgan narsani boshqaga ham ravo ko‘rmaydi. Shunday ekan, biz mana shu kasallikning boshqalarga yuqib, tarqalib ketishini xohlamasak, imkon qadar ko‘proq uyda o‘tirishimiz kerak.
Alloh Qur’oni karimda marhamat qiladiki, «agar mening bergan ne’matlarimga shukur qilsangiz, o‘shanda sizga ne’matimni yana-yana ziyoda qilib beraman». Shunday ekan, Allohning har bir ne’matining qadriga yetmoq kerak. Kasalliklardan oilamizni muhofaza qilaylik. Allohning o‘zi saqlasin, — deydi Toshkent shahar bosh imom-xatibi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Qozog‘istonda sobiq ichki ishlar vaziri qo‘lga olindi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz"
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi
Sof quyma oltin sotayotgan shaxslar qo‘lga tushdi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Turk seriallari yulduzi Demet O‘zdemirning Istanbuldagi shinam villasiga sayohat