
Foto: «Rambler»
COVID-19 koronavirus infeksiyasining og‘ir shakli isitma, yo‘tal va nafas qisishida namoyon bo‘ladi. «Zakon.kz» yozishicha, bu haqda Moskvadagi 40-shahar klinik kasalxonasi bosh vrachi Denis Protsenko ma’lum qildi.
Uning tushuntirishicha, eng xavfli alomat bu — nafas qisishi bo‘lib, arteriyadagi qonda kislorod kamayib ketishi oqibatidir.
O‘pkaning juda katta qismini virus qamrab olganidan keyin u asosiy vazifasi — kislorodni qonga uzatishni bajara olmay qoladi.
Protsenkoning ta’kidlashicha, aksariyat bemorlarda koronavirus bitta paratsetamol qabul qilish bilan o‘tib ketyapti. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar