
AOKA huzuridagi shtabda Sanitariya-epidimiologik osoyishtalik agentligi direktori Bahrom Almatov bilan onlayn brifing bo‘lib o‘tmoqda. Brifing davomida yurtimizda yana bir kishida koronavirus aniqlangani xabar qilindi.
Virus aniqlangan fuqaro Istanbulda bo‘lib qaytgani aytilmoqda.
Shuningdek, koronavirus kasalligi Toshkent shahridan tashqari Xorazm viloyatida ham qayd etilgani ma’lum qilindi.
Eslatib o‘tamiz, bugun tongda bir kishi koronavirusga chalingani xabar qilingan edi. Shu tariqa yurtimizda jami kasallanganlar 43 nafarga yetgan bo‘lsa, bugunning o‘zida ikki kishida virus topilgan.
AOKASanitariya AgentligiKoronavirusToshkent ShahridanXorazm ViloyatiBrifing O‘tmoqda O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar