Foto: «Sputnik»[sup][/sup]
Turkiyalik diyetolog Shebnem Kandirali Yildirim sarimsoqning foydali xususiyatlari va uni yeganda yoqimsiz hidning chorasi haqida so‘zlab berdi, deb yozadi «Sözcü» nashriga tayanib "Xabar" nashri.
Shifokorning ta’kidlashicha, sarimsoq sut bezi saratonidan himoyalanishga hamda qonda qand miqdorini kamaytirishga yordam beradi. Bu o‘simlik ovqatdan zaharlanish asoratlarini bartaraf etadi, tarkibidagi oltingugurt esa qon bosimini me’yorlashtiradi.
«Kampilobakteriyalar chaqirgan ovqatdan zaharlanganda sarimsoq an’anaviy antibiotiklarga qaraganda yuz baravar samaraliroq», — deya ta’kidlaydi shifokor.
Yildirimning aytishicha, muntazam piyoz va sarimsoq iste’mol qiluvchi ayollar tos-son bo‘g‘imi artritidan kamroq qiynalishadi, negaki bu o‘simliklar tarkibida bo‘g‘imlar zararlanishining oldini oluvchi modda bor.
Shifokorning ta’kidlashicha, ko‘pchilik hidi tufayli sarimsoq yeyishdan bosh tortadi. Yoqimsiz hidning oldini olish uchun sarimsoqni qaynatilgan sut bilan birga iste’mol qilish lozim.
«Sarimsoqni taom tayyorlash jarayonida qo‘shmasdan, uni xomligicha iste’mol qilish lozim. Chunki termik ishlov foydali oltingugurt birikmalarining hosil bo‘lishiga to‘sqinlik qiladi», — deydi diyetolog. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi