23 mart holatiga ko‘ra, Toshkent viloyatida koronavirus infeksiyasi aniqlangan fuqarolar soni 9 nafarni tashkil etdi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Viloyatda infeksiya tarqalishining oldini olish maqsadida 8 martdan 9 mart kuniga o‘tar kechasi Janubiy Koreyadan kelgan 181 nafar fuqaro Qibray tumanidagi «Bo‘ston» sanatoriysiga joylashtirilgan. Ular 14 kunlik karantin muddati tugashi munosabati bilan 22 mart kuni karantindan chiqarilgan.
21 mart, shanba kuni, 243 nafar Rossiyadan kelgan fuqaro «Nazarbek» sihatgohiga joylashtirildi. Ularga 4 nafar shifokor, 1 nafar epidemiolog, 3 nafar hamshira, 8 nafar kichik tibbiy xodim, 2 nafar dezinfektor tibbiy nazorat uchun safarbar etildi.
Qayd etilishicha, 23 mart kunida viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida 101 nafar bemor bo‘lib, ular muntazam ravishda tibbiy nazoratga olingan.
Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 46 nafarga yetgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi