22:50 / 23.03.2020
5 904

Nima uchun koronavirusni ko‘proq erkaklar yuqtirishmoqda?

Nima uchun koronavirusni ko‘proq erkaklar yuqtirishmoqda?
Foto: «Www1.paratoplamak.org»
Tibbiyot fanlari doktori Viktor Zuyev koronavirus infeksiyasini ayollarga qaraganda erkaklar ko‘proq yuqtirish sabablarini ma’lum qildi. U bu haqda «360» telekanaliga so‘zlab bergan.

Shifokorning fikricha, erkaklar kirishimli bo‘lgani uchun ham ko‘proq kasallanmoqda.
«Bu borada bahslashish ortiqcha. Bizga nimanidir aytishdimi, o‘n martadan sakkiztasini eshitamiz, ikkitasi esa quloqlarimiz yonidan o‘tib ketadi. Shuning uchun ham ta’zirimizni yeyapmiz», — deydi Zuyev.

Lekin shifokor buni kuchli jins vakillari uchun halokat deb hisoblamaydi.
Shuningdek, mutaxassis bolalar orasida kasallanish darajasining kamligiga e’tibor bergan. Uning fikricha, kattalar tomonidan ko‘rsatilayotgan g‘amho‘rlik tufayli shunday bo‘lyapti.
«Kimni doimo avaylaymiz, kimni doimo qutqaramiz? Albatta, bolalarni. Bu shunday natija berayotgani juda yaxshi», — deb izohlaydi mutaxassis.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Nima uchun koronavirusni ko‘proq erkaklar yuqtirishmoqda?