Foto: BBC
«Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» Hukumat qarori qabul qilindi.
Qaror bilan tasdiqlangan nizomga ko‘ra, koronavirusni yuqtirish xavfi darajasiga qarab, koronavirus aniqlangan shaxslar bilan yaqin muloqotda va muloqotda bo‘lgan shaxslarga bo‘linadi.
Koronavirus aniqlangan shaxslar bilan yaqin muloqotda bo‘lgan shaxslar doirasiga quyidagilar kiradi:
- koronavirus aniqlangan shaxs bilan bitta xonadonda yashagan shaxs;
- koronavirus aniqlangan shaxs bilan bevosita jismoniy muloqotda (qo‘l siqish, quchoqlashish) bo‘lgan shaxs;
- koronavirus aniqlangan shaxs bilan muloqotda (masalan, yo‘talayotganda) himoyalanmagan shaxs;
- koronavirus aniqlangan shaxs bilan 2 metrdan kam masofada 15 daqiqadan ko‘proq vaqt davomida yuzma-yuz bo‘lgan shaxs;
- 15 daqiqa yoki undan ko‘proq vaqt 2 metrdan kam masofada koronavirus aniqlangan shaxs bilan birga yopiq joyda bo‘lgan shaxs;
- tibbiy mutaxassis yoki koronavirus aniqlangan shaxsni bevosita parvarishlagan boshqa shaxs yoki shaxsiy himoya vositalarisiz yoki ulardan foydalanish qoidalarini buzgan holda koronavirus aniqlangan shaxsning bionamunalari bilan ishlagan laboratoriya mutaxassislari;
- samolyotda, shaharlararo avtobusda, poyezdda koronavirus aniqlangan shaxsdan har qanday yo‘nalishda ikki o‘rindiq oralig‘ida yoki bitta kupeda (poyezdda) bo‘lgan, shuningdek, koronavirus infeksiyasi aniqlangan shaxs uchib ketgan samolyotda xizmat ko‘rsatgan ekipaj a’zolari.
Koronavirus aniqlangan shaxslar bilan yaqin muloqotda bo‘lgan shaxslar provizor gospital yoki izolyatorga joylashtiriladi.
Koronavirus aniqlangan shaxslar bilan muloqotda bo‘lgan shaxslar doirasiga koronavirus infeksiyasi aniqlangan shaxslar bilan bir samolyotda, poyezdda, avtobusda bo‘lgan, ammo ular bilan yaqin muloqot qilmagan shaxslar kiradi.
Koronavirus aniqlangan shaxslar bilan muloqotda bo‘lgan shaxslar uy karantinida saqlanadilar. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi