Boshqa markadagi benzin mahsulotlari va dizel yoqilg‘isining narxlari ham bosqichma-bosqich kamaytirib boriladi.
“O‘zbekneftgaz” AJ UNG milliy brendi ostidagi yoqilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘ida AI-92 markali benzin va Yevropa standartlariga javob beruvchi dizel yoqilg‘isi sotuvini yo‘lga qo‘ygan, deb xabar bermoqda “O‘zbekneftgaz” AJ matbuot xizmati.
Bildirilishicha, 2020 yilning 1 martidan boshlab ushbu AYOQSHlardagi dizel yoqilg‘isining narxi pasaytirilgan edi. Ertaga, 26 mart kunidan e’tiboran esa, AI-92 markali benzinning narxi 6200 so‘mdan 6000 so‘mga kamaytirildi.
“Iste’molchilarga ishonch bilan aytish mumkinki, boshqa markadagi benzin mahsulotlari va dizel yoqilg‘isining narxlari ham bosqichma-bosqich kamaytirib boriladi.
“O‘zbekneftgaz” avvalo, iste’molchilarning manfaatlarini inobatga olgan holda, shuningdek, birja savdolarida benzin sotib olish xarajatlari kamaygani munosabati bilan benzinning narxini pasaytirib boradi”, - deyiladi ma’lumotda.
Narxlar masalasida ta’kidlanishicha, “O‘zbekneftgaz” yoqilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘i orqali sotiladigan dizel yoqilg‘isining narxi xorijiy kompaniyalar tomonidan sotiladigan dizel yoqilg‘isi narxidan 9 foiz, AI-92 markali benzin narxidan esa 16,6 foizga arzon. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Global Janub kimniki?
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi