
O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 16 taga oshib, 104 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ularning 6 nafari 26 mart kuni Moskva–Toshkent charter reysi orqali olib kelingan va karantinga olingan, 7 nafari ham 26 mart kuni Istanbul–Toshkent charter reysi orqali olib kelingan va karantinga olinganlar orasidan hamda 3 nafari bemorlar bilan muloqotda bo‘lganlar orasidan aniqlangan.
«Shuningdek, oxirgi kun davomida 1 nafar bemor (erkak)da o‘lim holati qayd etildi», — deyiladi vazirlik axborotida.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar