Ayni damda butun dunyo bo‘ylab tarqalib borayotgan koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashga o‘zining saxovatli ishi bilan Otabek Shukurov ham qo‘shildi.
O‘zbekiston milliy jamoasi hamda “Sharja“ klubi a’zosi Otabek Shukurov o‘zi tug‘ilib o‘sgan Qashqadaryo viloyati, Chiroqchi tumanidagi kam ta’minlangan oilalarga yordam qo‘lini cho‘zishga bel bog‘ladi.
championat.asia nashrining yozishicha, Chiroqchi tumanidagi mahallalarda istiqomat qiladigan va karantin davrida ishsiz qolgan muhtojlarga Otabek Shukurov beg‘araz yordam qo‘lini uzatmoqchi. Bugun futbolchi Chiroqchi bozoridan kunlik ehtiyoj uchun kerak bo‘ladigan 100 million so‘mga yaqin mahsulotlarni (kartoshka, go‘sht, piyoz, un-yog‘ va hokazo) xarid qilgan va ertaga uni muhtoj oilalarga tarqatishni boshlaydi.
Saxovatli ishga qo‘l urgan va o‘zbek futbolchilari ichida birinchilardan bo‘lib tashabbuskorlik qilgan Otabek Shukurovga barakalla deymiz, tasanno! “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi