
Kadr: IIV
Toshkentda karantin choralariga qaramay, 28 mart kuni Yunusobod tumani Markaz-4 dahasida kuyov-navkar marosimi o‘tkazildi. Ushbu marosimda qatnashganlar profilaktika inspektorlari tomonidan IIBga olib kelingan, surishtiruv olib borilmoqda.
IIVning xabar berishicha, kelinning otasi bir kun avval profilaktika inspektori va mahalla raisi tomonidan Vazirlar Mahkamasining 176-son qarori bilan tanishtirilib, to‘y o‘tkazish mumkin emasligi haqida ogohlantirilgan. Buni xonadon egasi ichki ishlar xodimlari bilan suhbat vaqtida ham tasdiqladi.
«Ogohlantirilgandim. Lekin qarorda, adashmasam, jamoat joylarida uch kishidan ortiq to‘planish mumkin emas, qarindoshlar istisno deb yozilgandi. Shuning uchun jamoat joyida emas, uy ichida kuyov-navkar qilib, kuyov to‘rtta-beshta o‘rtoqlari bilan kelib, kelinni olib chiqib ketmoqchi edi», — deydi kelinning otasi.
«Restoranda yoki birorta boshqa joyda to‘planish niyati yo‘q edi. Karantin tugaganidan keyin kunini belgilab, o‘tkazmoqchi edik. Bu to‘y emas, kuyov-navkar. Kichkinagina kuyov-navkar. Besh-oltita odam bilan o‘tkazib, kelinni kuyov olib ketishi kerak edi. Bo‘ldi. To‘y-po‘y degan narsalar yo‘q edi», — deya qo‘shimcha qilgan u.

«Marosim uchun yozilgan dasturxon, yoshlarning yugur-yuguriyu, esdalik uchun tasvirga olish jarayonlari — bularning barchasi sanitariya holatlariga mutlaqo zid. Tadbir tashkilotchilari esa ichki ishlar bo‘limida o‘tiribdi.
Yurtdoshlarimizga bu holatdan o‘rinli xulosa chiqarishni, karantin cheklovlari va talablarini to‘liq bajarishlarini so‘raymiz. Aks holda, javobgarlikka tortilishingiz, uning oqibatidan o‘nlab insonlarning salomatligini xavf ostiga qo‘yishingiz mumkin», — deyiladi IIV axborot xizmatining xabarida. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar