10:10 / 29.03.2020
6 192

Koronavirusga chalingan uch andijonlik Farg‘onadagi kursdoshlar uchrashuviga borgan

Koronavirusga chalingan uch andijonlik Farg‘onadagi kursdoshlar uchrashuviga borgan
Farg‘onaning Yozyovon tumanida uyushtirilgan kursdoshlar uchrashuvida qatnashgan uch andijonlikda keyinchalik koronavirus aniqlangan. Uchrashuvda Namangan viloyatida istiqomat qiluvchi ikki fuqaro ham bo‘lgan, deya ma’lum qildi Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozorov.

«Shuncha targ‘ibot-tashviqot ishlariga, turli yig‘ilish va marosimlar o‘tkazish taqiqlanganiga qaramay, oliy ma’lumotli ikki nafar fuqaromiz Farg‘onaning Yozyovon tumaniga kursdoshlar uchrashuviga borgan. Bu yerda Farg‘ona, Andijon, Namangan viloyatidan kelgan sobiq kursdoshlar kun davomida birga bo‘lgan.

Ular orasida Andijondan kelgan, koronavirus yuqtirgan uch fuqaro ham bo‘lgan. Oqibatda shu uchrashuvda bo‘lgan hamma karantinga olindi, hozir ular tekshirilmoqda. Namanganlik ikki fuqaro ham karantinda, tahlil natijalarini kutyapmiz. Eng achinarlisi, ular uchrashuvdan kelib, yana 47 kishi bilan muloqotda bo‘lgan.

Tasavvur qiling — ikki kishi kasallik yuqtirib kelib, uni 47 kishiga yuqtirsa, bu 47 kishi keyin o‘z oila a’zolariga yuqtirsa, nima bo‘ladi?
», — dedi Namangan viloyati hokimi Xayrulla Bozorov 27 mart kuni viloyat aholisiga qilgan telemurojaatida.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusdan ilk o‘lim 27 mart kuni Namanganda qayd etildi — koronavirusga chalingan 72 yoshli onaxon infarktdan vafot etdi. Kasallik unga 12 mart kuni Umra safaridan Turkiya orqali qaytgan qizidan yuqqan. Onaxondan tashqari, koronavirus Umra ziyoratida bo‘lib qaytgan ayolning singlisi, qizi va nevarasida ham aniqlangan.

Ma’lumot uchun, 29 martga qadar O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga chalinish bilan bog‘liq 104 ta holat aniqlandi (ikki kishi vafot etgan). Bemorlarning kamida uch nafari Andijon viloyatigi yuqumli kasalliklar kasalxonasida davolanmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Koronavirusga chalingan uch andijonlik Farg‘onadagi kursdoshlar uchrashuviga borgan