date
views 3 334

«5 million niqob». Bu masala qanday hal bo‘ladi?

«5 million niqob». Bu masala qanday hal bo‘ladi?
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev koronavirusga qarshi kurash chora-tadbirlar haqida gapirib, tez orada yuz niqobi ishlab chiqarish hajmini bir sutkada 5 million donaga yetkazish vazifasini qo‘ydi. Bu qanday hal etiladi?

Ayni paytda niqoblar ishlab chiqarishda asosiy xom ashyo - spunbondga jahon bozorida ham talab katta. O‘zbekiston ichki bozorida niqoblarning savdoda kamayib qolgani yoki dorixonalarda narx oshishi ularning mamlakat ichkarisida ishlab chiqarilishi bilan bog‘liq emas. Shunga qaramay, mutasaddilar ishlab chiqarish hajmini oshirib, narxni tushirishga urinmoqda.

Kun.uzʼga ma’lum bo‘lishicha, korxonalarni sintetik xom ashyo bilan ta’minlash va himoya vositalarini o‘z vaqtida ishlab chiqarishni tashkil qilish uchun xom ashyoni XXRdan havo va temir yo‘l orqali olib kirish masalasi ishlab chiqilmoqda. Tez orada maxsus reys orqali kerakli materiallar keltirishi yuzasidan diplomatik muzokara davom etmoqda.

Shu paytga qadar, Samarqand, Buxoro, Sirdaryo viloyatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yirik ishlab chiqaruvchilarning jalb qilinishi natijasida, sintetik xom ashyoning yangi ishlab chiqarishi yo‘lga qo‘yildi. Bir oydan kam vaqt ichida, kunlik niqoblar ishlab chiqarish 500 ming donadan 2,0 million donaga oshirildi. Ushbu mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalar qisqa fursatda 89taga ko‘paydi.

Spunbond, doka va trikotajdan ishlab chiqarilayotgan himoya niqoblari bilan bir qatorda, sanoat korxonalari kuniga 100 ming donadan niqob va dizaynerlik buyumlari, xususan, gigiyena maskalarini ishlab chiqarishni boshlagan.

Sanitariya sertifikatiga ega bo‘lgan Toshkentdagi beshta xususiy korxona noto‘qima sintetik materiallardan kiyim-kechak ishlab chiqarishni boshladi. 25 mart holatiga ko‘ra, korxonalarning umumiy ishlab chiqarish quvvati kuniga 24 ming donaga yetdi. Mart oyining boshidan boshlab, ichki bozorda 125 ming dona himoya kiyimlari sotildi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «5 million niqob». Bu masala qanday hal bo‘ladi?