
Ma’lumki, 30 martdan Toshkent shahriga faqat maxsus ruxsatnomaga ega mashinalar kirib chiqishi va harakatlanishiga ruxsat berildi.
Ammo bu poytaxtga oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari olib kirilmaydi degani emas. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi bayonot berdi.
"Bugun shahrimizning ko‘plab bozorlari va do‘konlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga navbat kuzatildi. Bu esa karantin talablariga ziddir.
Shu sabab aholimizga murojaat qilib, zaxirada qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari yetarli ekanligini, bozor va do‘konlar bunday mahsulotla bilan muntazam ta’minlanishini ma’lum qilamiz.
Faqat zaruratga ko‘ra ko‘chaga chiqing, odamlar bilan oraliq masofani saqlang, sanitariya-gigiyena talablariga rioya eting va bu bilan o‘zingiz hamda yaqinlaringiz salomatligini asrang!" deyiladi hokimlik xabarida. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar