«Karantinga oid choralar amal qilish davrida xodimlarni masofaviy ish usulida, moslashuvchan ish grafigida yoki uyda ishlashga o‘tkazishning vaqtinchalik tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi buyruq Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Buyruq bilan tasdiqlangan nizomga ko‘ra, karantin davrida ish beruvchi xodimning roziligi bilan uni masofaviy ish usulida, moslashuvchan ish jadvalida yoki uyda ishlashga o‘tkazishi mumkin.
Bunda ushbu huquqdan birinchi navbatda homilador ayollar, keksalar, imkoniyati cheklangan shaxslar va surunkali kasalliklarga chalingan xodimlar foydalanadi.
Xodimning masofaviy ish usulida, moslashuvchan ish jadvalida yoki uyda ishlashga o‘tkazilishi ish beruvchining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.
Masofaviy ishga o‘tkazish yuzasidan mehnat shartnomasiga kiritiladigan o‘zgartirishda, mehnatning boshqa shartlari bilan birga quyidagilar ham ko‘rsatiladi:
- elektron hujjat almashinuvi bo‘yicha o‘zaro aloqa tartibi;
- xodimga ish uchun zarur bo‘lgan jihozlar, texnika vositalaridan foydalanish tartibi;
- xodimni aloqa vositalari bilan ta’minlash, Internet tarmog‘idan foydalanish;
- xodimga ish beruvi tomonidan berilgan jihozlar buzilganda zararni qoplash bo‘yicha shartlar;
- xodim shaxsiy jihoz, texnika vositalaridan, Internetdan foydalanganda xarajatlarni qoplash tartibi;
- xodim va ish beruvchining zaruriy mehnat muhofazasi va mehnat sharoitlariga amal qilish bo‘yicha majburiyatlari;
- ishlab chiqarish zaruriyati tug‘ilganda xodimni doimiy ishga o‘tkazish shartlari.
Mazkur ishlash usuliga o‘tkazilgan xodimlarning mehnat ta’tili, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik bo‘yicha nafaqa olish hamda qonun hujjatlari va jamoa shartnomasida nazarda tutilgan boshqa huquqlari saqlab qolinadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi