O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i, Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov ayni vaqtdagi vaziyat haqida ma’lumot berdi:
– Ayni daqiqalarga kelib mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi bilan ro‘yxatga olingan bemorlar soni 145 nafarni tashkil etdi. Virusologiya ilmiy-tekshirish institutidan olingan ma’lumotga ko‘ra, kasallik bilan davolanayotgan bemorlarning 20 nafarida pnevmoniya alomatlari kuzatilyapti. Mazkur holat bevosita rengionalagik tekshiruvlarda ham o‘z tasdig‘ini topgan. Davolanayotgan bemorlar 3 nafarining ahvoli og‘ir, 2 nafarining ahvoli nisbatan og‘ir, deb baholanmoqda. Barcha bemorlar tegishli davolash muolajalarini olyapti va tibbiyot xodimlarining muntazam kuzatuvi ostida.
Hurmatli hamyurtlar! Koronavirus infeksiyasi bo‘yicha kasallanish ko‘rsatkichining tobora ortib borayotgani har birimizni yanada hushyorlikka chorlashi kerak. Uyda qolib, ortiqcha muloqotlarga yo‘l qo‘ymasak, kasallik yuqish zanjirini uzgan bo‘lamiz. Koronavirus kasalligi yuqishida vositachi, sababchi bo‘lib qolishdan o‘zimizni to‘xtataylik. Agar biz uyda qolib, karantin qoidalariga rioya qilsak, kasallik keng ko‘lamda tarqalib ketishiga yo‘l qo‘ymagan bo‘lamiz. Qachonki, epidemik jarayon zanjiri uzilar ekan, kasallikni tugatish, keng tarqalib ketishiga barham berish mumkin, dedi Nurmat Otabekov. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi